“Mobil metodik guruhlar” faoliyati qoniqarlimi?
12.05.2022 - 20:27Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini oshirish hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda maktablarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazish, natijasida aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilg‘or metodika va innovasiyalarga o‘rgatish tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.