Янгиликлар

“Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi shiori osti”da amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-192-son qaroriga asosan Samarqand tumanida joriy yilda soliq ma’murchiligiga joriy etiladigan o‘zgarishlar keng aholi qatlamiga targ‘ib etilmoqda.

Navbatdagi matbuot anjumanida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda tuman hokimining o'rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.

- Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan mustahkam insoniylik pozisiyasi bilan yondashishni talab etadi, - dedi D.Azizova. - Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har birimizning burchimizdir.

Qishloqlarda yoshlar madaniyat markazlariga yo‘naltirilganmi?

Ushbu savolga tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gaziyeva matbuot anjumanida javob qaytardi.
Tumanda 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Madaniyat markazlarida faoliyat yuritib kelayotgan 26 ta to‘garaklarga jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar hamda maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.  

Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etildiki, Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayorlash fani bo‘yicha jami 53 nafar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda.

Aliment  to'lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Tuman hokimligida tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida ushbu saolga javob topildi.
Unda majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisi Usmon Rashidov ishtirok etdi.
Bugungi kunda aliment undirish bilan bog‘liq ijro ishlari ijrosini ta’minlash masalasi nafaqat Samarqand tumanida, balki Respublika miqyosida dolzarb va yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi.

Sanoat zonalarida amalga oshirilgan yangi loyihalarga bag‘ishlangan press-tur tashshkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3607-sonli qaroriga asosan Akademik Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining bino-inshoatlari hamda 1,3 gektar yer maydoni kichik sanoat zonasini tashkil qilish uchun ajratilgan.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM