Янгиликлар

Ichki ishlar organlari xalq kasbiy tuzilmasiga aylantiriladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeksi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

 IIB xodimlari uchun intizom kodeksi tasdiqlandi

Prezidentimizning 2023-yil 20-yanvardagi qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlariga qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi. Shuningdek, intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etiladigan xodimlarni boshqa sohaviy tuzilmaga o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Xizmatga birinchi marta qabul qilinganlar malaka oshirish institutida 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tadi.

Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodovning “Sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollarining aholi muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risida”gi axboroti, Samarqand tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri D.Xoliyevning “Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Samarqand tumanida oʻrganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 8-yanvar kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi. Jumladan, tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tuman ishchi guruhi faoliyati oʻrganildi hamda tumandagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM