Barcha sohalarda korrupsion omillarga chek qo‘yish zarur
07.05.2022 - 15:02Bugun jahon siyosatchilari, olimlar va umuman, bashariyatning ertangi taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson tomonidan korrupsiya xatarli voqelik sifatida tilga olinmoqda. Bu illatga qarshi kurashish masalasi barcha davlatlarda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Xususan, viloyatimizda ham bu borada tizimli ishlar olib borilayotir. Tuman hokimligida o‘tkazilgan “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusidagi tadbirda ham ana shu masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.