Olti oyda 5173 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonoma rasmiylashtirilgan
17.08.2023 - 19:22Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasidan
2023 yilning 6 oyi davomida Samarqand tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, qidiruvda yurgan shaxslarni ushlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida huquqni muhofaza etuvchi organlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, tuman hokimligi, tibbiyot birlashmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.