Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlardagi mavjud muomomlarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi
10.07.2023 - 16:40Matbuot anjumanida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi kotibiyat mudiri Abdujabbor Umarov ishtirok etdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralarini belgilash, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yo‘llash va uning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar va deputatlik guruhlarining Kengashdagi ishtirokini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda.