Ochiq muloqotda tuman mudofaa ishlari bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
14.08.2023 - 11:09Qayd etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi yuqori harbiy salohiyatga ega bo‘lgan armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida umumta’lim maktablarida komandirlar yashiklari joriy etildi va ushbu to‘plamga chaqiriluvchilarni Vatanni himoya qilishda qurollardan foydalanish hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash sir-asrorlari o‘rgatib borilmoqda.