Янгиликлар

Sayyor qabulda muammolar hal bo‘ldi

Mahallalardagi oilaviy shifokorlik punkti moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash aholi salomatligi yo‘lida muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan Mironqul mahallasida joylashgan punkt uchun qo‘shimcha 15 ga yaqin stol-stul va kerakli jihozlar ajratiladi.
Tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda ushbu fikrlar bildirildi. Qabulda mahalladagi oilaviy shifokorlik punkti uchun kerak bo‘lgan jixozlar shu kunlarda olib kelib o‘rnatiladi, - dedi tuman hokimi.

Urganji mahallasi muammolari tinglandi

Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari Urganji mahallasi fuqarolarini qabul qildi.
Qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xususan, Urganji mahallasidagi yaroqsiz eletr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish maqsadida beton ustunlar olib kelingan. Mazkur mahallada elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash, nogironligi bo‘lgan fuqarolar doimiy nazoratda bo‘lishi, bepul dori-darmon bilan ta’minlash masalalari ham muhokama etildi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar tahlil qilindi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Suvonov shu haqda so‘z yuritdi.
Qayd etish kerakki, Samarqand tumanida yashovchi 270 ming nafar aholiga 1 ta 450 o‘rinli markaziy shifoxona, 650 qatnovga mo‘ljallangan 1 ta ko‘p  tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinika va 9 ta oilaviy shifokorlik punktlari aholiga birlamchi va statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Muammo hashar yo‘li bilan bartaraf etildi

“Samarqand” telekanalining “Murojaat va ijro” ko‘rsatuvi orqali O‘rtashiq mahallasining bir qismidagi ariqlar fuqarolar tomonidan egallab olingani va har yili yomg‘ir mavsumida yoki oqim suvlar ko‘payganda aksariyat xonadonlarni suv bosishi tanqid ostiga olingan edi.
Mazkur masala Samarqand tuman hokimligi, obodonlashtirish boshqarmasi, tuman arxitektura bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘rganildi.

“Yashil makon” dasturi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman ekologiya va atrofni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Bobonazarov ushbu savolga javob berdi.
Keyingi yillarda yurtimizning barcha hududlarini yashil makonga aylantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa bu iqlim o‘zgarishi kuzatilayotgan bir paytda ayni muddao.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM