Xususiy sektor korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolarni joylashtirish masalasi to‘g‘risida ma’lumot berildi
27.06.2023 - 18:53Bu haqda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ta’kidlanganidek, Samarqand tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davrida tumanda faoliyat yuritayotgan xususiy korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda 753 dan ortiq tumandagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi.