Янгиликлар

Dahldorlik hissi bilan yashashigina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita

Samarqand tumani Yangijoy mahallasida yashovchi voyaga yetmagan ikki nafar maktab o‘quvchisi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, o‘zaro janjal sodir etilgan. Oqibatida o‘quvchilarning biri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.

Bugun ushbu mahalladagi 19-umumta’lim maktabida tuman hokimi, sektor rahbarlari, mas’ul idoralar vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Sayyor qabul – murojaatlarning ijobiy yechimi

Samarqand tumani Bo‘zi mahallasi aholisi uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda 30 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, asosiy qismi yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, moddiy yordam va uy-joy masalasi bo‘ldi. Murojaatlarni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev alohida nazoratga oldi. Ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Joriy yil 4 oyi davomida 25 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olinib, 5 nafar fuqaro vafot etgan

Bu haqda Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Maruf Voxidov navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarda jinoyatchilik hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash katta e’tibor qaratildi.

“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tushunchalar berildi

Samarqand tumanidagi 12-son musiqa va san’at maktabi hamda Ravonak kasb-hunar maktablarida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi, mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Yangijoy” mahallasida joylashgan maktab ko‘chasini asfalt qilish bo‘yicha “oppen byudjet”da ko‘p ovoz to‘plani, ammo ko‘cha shu holida qolib ketayotgani tanqid qilingan.
Shuni ma’lum qilamizki, ushbu tashabbus Samarqand tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan tasdiqlanib, ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan. Ammo ovoz berish yakunlari bo‘yicha 41 ta ovoz olib g‘olib bo‘la olmagan. Gʻolib bo‘lmagan takliflar esa moliyalashtirilmasligini ma’lum qilamiz.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM