Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
08.12.2022 - 10:41Аssalomu alaykum, aziz va qadrli tumandoshlar!
Barchangizni, bugungi ulug‘ ayyom - mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘ttiz yil - tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.