Янгиликлар

Samarqand tumanida “Garant bank” ish boshladi

Tumanimizda “Garant bank” aksiyadorlik jamiyatining bank xizmatlari markazi faoliyat boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bank mijozlarining ko‘payib borayotganini e’tirof etishdi. Tumanimiz fuqarolari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilayotganini ta’kidlashdi.

O‘rtashiq mahallasi Registon ko‘chasida joylashgan mazkur bankda jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlari taqdim etiladi.

Bank xizmatlari markazi haftaning dushanba-juma kunlari 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Muammo bartaraf etildi

Samarqand tumani “Registon” mahallasi “Xo‘ja Kafsher” qabristoni yonidan oqib o‘tuvchi ariqda chiqindilar mavjud bo‘lib, ariq ichi chiqindilardan tozalanmagani sababli undan badbo‘y hid taralib, atrof-muhitga yomon ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid qilingan.
O‘rganish davomida shu ma’lum bo‘ldiki, ushbu holat O‘rtashiq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi ariqda yuzaga kelgan. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Uch avlod vakillari uchrashdi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasida tashkil etildi.
Ushbu tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi. Uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.

2023 yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar

Shu mavzuda o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
-  Samarqand tumanida 264 ming 337 nafar aholi istiqomat qiladi, - deydi Sh.Hasanov. - Shundan mehnat resurslari 137 ming 648 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 114 ming 499 nafarni, iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni esa 23 ming 149 nafarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi soni 103 ming 462 nafarni, ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 11 ming 37 nafarni tashkil etadi.

Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda qanday ishlar olib borilgan?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari Sanobar Savronova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM