Samarqand tumanida yana bir yirik sanoat majmuasi qurilmoqda: Unda 10 minglab ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan
09.09.2023 - 15:25Bugungi kunda Samarqand tumanidagi “Nurli Kelajak Ishonch Servis” va “Qayumov stroy invest” MChJlari tomonidan 37 gektar maydonda savdo, sanoat va servis majmuasi qurilishi doirasida qiymati 2 trillion 79 milliard so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun 42 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari jalb etilgan. Qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladigan loyihalarda yillik tovar aylanmasi 2,2 trillion so‘mni, yillik soliq tushumi esa 78,9 milliard so‘mni tashkil etadi.