Янгиликлар

Aholini ro‘yxatga olishda qanday migratsiya malumotlariga e’tibor qaratiladi?

Umuman olganda, xalqaro va ichki migratsiya oqimlari murakkablik va ularning ko‘lami jihatidan ham oshib bormoqda. Hususan, xalqaro migratsiya holatida muxojirlar oqimi sonini o‘lchash kelib chiqadigan mamlakatlar yoki bir nechta xorijiy davlatlarni qamrab oladigan doimiy oqimlar o‘rtasidagi ko‘plab oqimlarni hisobga olishni talab qilishi mumkin.

22-umumta’lim maktabida uchrasuv bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari boshchiligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir  tumandan xorijiy til va kasb o‘rganishga qiziqishi bo‘lgan, ammo imkoniyati bo‘lmagan o‘quvchilarni tanlab olib, ularga kamida ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilgan edi.

Муносабат

Ижтимоий тармоқларда Самарқанд тумани “Қозиариқ” маҳалласи Усто Умар Жўрақулов кўчасида пиёдалар ўтиш жойининг бетон бордёрга бориб тақалгани танқид қилинган.
Ҳолатни Самарқанд туман қурилиш бўлими ходимлари жойига бориб ўрганди. Аниқланган камчиликлар туман ободонлаштириш бўлими ходимлари томонидан ўз вақтида бартараф этилди.

Samrqandlik murabbiylar Hindistonga bordi

Joriy yilning boshida Hindiston davlatining Panjob shtatida Hindiston Qo‘l jangi federatsiyasi tashabbusi bilan sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha Xalqaro mahorat darsi tashkil qilindi. Unda yurtimizdan ham 4 nafar murabbiy va 2 nafar sportchi ishtirok etdi.

Yuqori darajada tashkil etilgan seminarda o‘zbekistonlik mutaxassislar chiqish qilib, qo‘l jangi sir-asrorlari hamda qonun-qoidalarini hindistonlik sportchilarga o‘rgatishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM