Янгиликлар

Harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida milliy armiyamizdan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tumandagi harbiy xizmatchi faxriylarni, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirokida o‘tgan ochiq muloqotda tumanda mahallabay ishlash bo‘yicha hokim yordamchilari bilan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, yaratilayotgan qulayliklar hamda mavjud imkoni

Tumanda 2023 yilda ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2040 nafar ishsiz fuqarolarni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. O‘tgan davr mobaynida 2179 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma orqali ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida jami 388 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb yetilgan.

Tuman hokimining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tumanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.
Qayd etilganidek, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida jami 21 ta loyihalar doirasida 27,8 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. 

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi “Yoshlik” ko‘chasidan bir yarim oydan beri chiqindilar olib ketilmayotganidan shikoyat qilingan. Chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmaganidan chiqindilar uyumining yig‘ilib qolgani tanqid qilindi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi va atrofi obodonlashtirildi. Kelgusida shu kabi holatlar yuz bermasligi uchun doimiy nazorat o‘rnatildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM