Tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
16.11.2023 - 19:22Ushbsu matbuot anjimanida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, tumanda tomorqa yer egalari soni 51 257 ta bo‘lib, 2975,0 gektar yer maydoni tashkil etadi. Dehqon xo‘jaliklar soni esa 697 ta bo‘lib, 154,5 gektar yer maydoni tashkil etadi.
Ushbu dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari 2024 yilda yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.