Янгиликлар

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi “Yoshlik” ko‘chasidan bir yarim oydan beri chiqindilar olib ketilmayotganidan shikoyat qilingan. Chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmaganidan chiqindilar uyumining yig‘ilib qolgani tanqid qilindi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi va atrofi obodonlashtirildi. Kelgusida shu kabi holatlar yuz bermasligi uchun doimiy nazorat o‘rnatildi.

Мunosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi Atoiy ko‘chasida chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmaganidan, chiqindilar uyumining yig‘ilib qolgani tanqid qilindi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi va atrofi obodonlashtirildi. Kelgusida shu kabi holatlar yuz bermasligi uchun doimiy nazorat o‘rnatildi.

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand tumani “Yangiobod” mahallasi fuqarolari ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi to‘g‘risida shikoyat qilingan.
Tuman hikimligi ishchi guruhi holat yuzasidan mahallada bo‘lib, ichki yo‘llarni ovoz berish yo‘li bilan, ya’ni ochiq byudjetda ovoz to‘plab ta’mirlash mumkinligi tushuntirildi.

Muammo bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasidagi ichki yo‘llarning o‘ta abgor holatdaligi, aholi yo‘llarni ta’mirlash maqsadida mutasaddilarga yillar davomida qilayotgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilganidan shikoyat qilingan.
Mazkur holat tuman hokimligi tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu kunning o‘zida “Mirzo Ulug‘bek” mahallasining ichki ko‘chalariga tosh-shag‘al va asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tuman hokimining qarori bilan noqonuniy tarzda fuqaro R.Umarova tomonidan tashkil etilgan NMTTga o‘yingoh uchun yer maydoni ajratilgani, ya’ni mazkur maydon magistral gaz quvurining himoya zonasi ekanligi tanqid qilingan.
Tuman hokimligi tomonidan ishchi guruhi tuzilib mazkur holat o‘rganildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM