Янгиликлар

Ижтимоий тармоқларда Қобил Дусов томонидан эълон қилинган “Самарқандда тадбиркорлик қилманглар!” мавзусидаги постига муносабат

Самарқанд тумани ободонлаштириш бошқармаси томонидан “Paradise Garden Of Paulonia” МЧЖдан манзарали дарахт кўчатлари сотиб олиш учун 24.12.2021-йилда тузилган шартнома ҳамда 20.06.2022-йилдаги қўшимча келишув асосида 2.400 дона 1 млрд. 200 млн. сўмлик кўчатлар қабул қилинган ва тўловлар тўлиқ амалга оширилган.

Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasi muhokama etildi

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Q.Quranbayev rahbarligidagi respublika ishchi guruhi Samarqand tumanida bo‘ldi.

Kun davomida mahallalarda fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammolari tinglandi. Takliflari eshitildi. Fuqarolar bandligini ta’minlash, muammolariga yechim topish masalalari o‘rganib chiqildi.

Tumandagi 30 ta mahallada tadbirkorlik va sog‘lomlashtirish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan

Tuman  hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madina Barotova ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xotin-qizlar  bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand tumani Kengashining tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi

Tumandagi 12-son musiqa va san’at maktabida Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Samarqand tumani Kengashining tashkiliy yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, tegishli tashkilot vakillari, faollar hamda 74 mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Oqmachit mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev Samarqand tumani Oqmachit mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev, sektor rahbarlari, tumandagi barcha tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida milliy armiyamizdan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM