“Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumiga joriy yilning 15-iyulidan start berildi.
15.07.2022 - 15:05Hurmatli Samarqand tumani fuqarolari, Sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi?
Endi ushbu muammolarni hal etish uchun budjet mablag‘lari Sizning tashabbusingiz asosida yo‘naltiriladi.
Samarqand tuman hokimligi moliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2 mavsumiga joriy yilning 15-iyulidan start berildi.
Jarayonda ishtirok etgan holda o‘z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin.