Янгиликлар

Ҳеч бир фуқаро эътибордан четда эмас

Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш тизими қисқа муддатли чора-тадбирлар эмас, балки инсонларни тақдир тақозоси билан тушиб қолган қийин вазиятдан олиб чиқиш ва тинч-осуда ҳаётга қайтариш учун йўналтирилган. Шу манода Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат органлари аҳоли билан қай даражада ишлаш кераклиги тўғрисида юқори мезонларни белгилаб берди.

Демак бугун ҳар бир фуқаронинг тақдирига жиддий эътибор қаратилмоқда.

Меҳнат муносабатларидаги қонунбузилишларининг олдини олишга алоҳида эътибор қаратилмоқда

Меҳнатга оид қонун бузилишларининг содир этилиши меҳнат муносабатларининг бузилишиа сабаб бўлаётган омилларга бағишланган учрашув бўлиб ўтди. 

Тадбирда Самарқанд шаҳридан ташқари, Самарқанд, Паст Дарғом, Тойлоқ ва Ургут туман ҳокимликларининг Ташкилий-назорат гуруҳи ҳамда  Ахборот хизмати раҳбарлари, юридик хизмати бошлиқлари, халқ депутатлари Кенгаш котибияти ва девонхона бўлими мудирлари, ҳоким ёрдамчилари шунингдек, Адлия бўлими бошлиқлари иштирок этди.

Samarqand tuman prokuraturasida “Faxriylar bog‘-alleyasi” tashkil etildi

Keyingi vaqtlarda ayrim joylarda manzarali va mevali daraxt ekish o‘rniga, borini ham o‘z manfaati yo‘lida beayov kesib foydalanayotganlar uchrab turibdi. Oqibatda o‘simlik va hayvonot dunyosi jiddiy zarar ko‘rmoqda. Xalqimizning “Bir tup daraxt kessang, yuz tup ko‘chat o‘tqaz”, degan purmano naqli bejiz aytilmagan. Shuni inobatga olgan holda har bir tashkilot xodimlari o‘z faolligini ko‘rsatishmoqda. 

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

 Imkoniyati cheklangan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma beriladi

 Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bo‘lgan mahalla xodimlarining maoshlari 35 foizga oshiriladi.

 Oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 Imtiyozli toifadagi shaxslarga ayrim tibbiy xizmatlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlarida ko‘rsatish byudjet hisobidan qoplab beriladi.

 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.

Texnikadan foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan chora ko‘rildi

Inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM