Янгиликлар

Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda qanday ishlar olib borilgan?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari Sanobar Savronova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi vajamot salomatligi xizmati xodimlari tomonidan yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha qator ishlar olib borilmokda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida qanday tartib va o‘zgarishlar bor?

Samarqand tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shu savolga javob topildi.
Ma’lumki, nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining institutsional asosini tashkil etadi. Yana ham oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, fuqarolik jamiyatini ko‘rinishi, mavjudligi aynan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida aks etadi.

“Konstitutsiya barchamizniki“

Butun  respublikamizda davom etayotgani kabi Samarqand tumanida ham “Befarq emasman“ shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Saxovat mahallasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda tuman Kengashi deputati Zokir Asrorov va boshqalar ishtirokchilarni yurtimizda bo‘layotgan muhim siyosiy jarayonda faol bo‘lishga undadi.

Navbatdagi matbuot anjumani Samarqand tumanida 2023 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholiga daromad keltiriladigan mehnat bilan band qilish buyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar tug‘risida bo‘ldi.

Unda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
Samarqand tumanida 2023 yil 1 yanvar holatida  jami aholi soni 264 ming 337 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 137 ming 648 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 114 ming   499 nafarni, iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni esa 23 ming 149 nafarni, xalq xo‘jaligining turli sohalarida band bo‘lgan aholi soni 103 ming 462 nafarni, ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 11 ming 37 nafarni tashkil etadi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM