Shalg‘amon mahallasi yangi binoga ega bo‘ldi
01.12.2022 - 10:46Samarqand tumanidagi Shalg‘amon mahallasida 277 ta xonadonda 2214 nafar fuqaro istiqomad qilishadi. Bugun aholiga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov so‘zga chiqib yaratilgan imkoniyatlar mahalla ahlining muammolarini bartaraf etish, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda alohida o‘ringa ega ekanligini ta’kidladi.