Navbatdagi matbuot anjumani tumanda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi
21.08.2023 - 20:27Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etildiki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni alohida e’tirof etish lozim.