Янгиликлар

“O‘rtashiq” o‘quv-sport texnika klubining qo‘shimcha yangi binosi ochildi

“Vatanparvar” tashkilotining Samarqand tumanidagi “O‘rtashiq” o‘quv-sport texnika klubida haydovchilik kursalarida imtiyozli o‘qigan yoshlarga guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazildi.
2021 yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha bir qator vazifalar yuklatilgan.

Мустақиллик байрами тадбирлари очиқ майдонларда ўтказилади

Республика махсус комиссияси қарорига биноан (https://t.me/ssvuz/7225), мустақиллик байрами муносабати билан Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида очиқ майдонларда сайиллар, концерт томошалари ва кўнгилочар дастурлар ташкил этилади. 

Бунда масъуллар байрам тадбирларига ташриф буюрувчиларни ниқоб тақишлари, ижтимоий масофани сақлашлари, шахсий гигиена қоидаларига қатъий риоя этиш устидан назоратини кучайтиришни таъминлаш шарт.

“Obod mahalla” davlat dasturi doirasidagi ishlar tahlil qilindi

Ohalik mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi.
Unda viloyat prokurorining o‘rinbosari Samandar Ostonov, tuman hokimi va sektor rahbarlari, sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari markazlarida  eng ulug‘, eng aziz bayramga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan Samarqand viloyatining tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ekspozisiya tashkil qilindi.

Ekspozisiyadan milliy bayramni o‘zida  aks etuvchi milliy hunarmandchilik buyumlari o‘rin olgan.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM