“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Samarqand tumani nuroniylari ham bor
29.06.2022 - 16:48O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 6 maydagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi samarqandlik nuroniylardan bir guruhi I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida ushbu ko‘krak nishonini taqdim etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.