Samarqand tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limining korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga murojaati
13.03.2023 - 13:35“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil bahorgi mavsumda 494 ming dona mevali va manzarali daraxt va butalar ekilishi rejalashtirilgan. Hozirda ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.
Hurmatli korxona va tashkilot rahbarlari. Sizlardan o‘zingizga biriktirilgan hududlarda daraxt ko‘chatlar rejasini belgilangan muddatda sifatli ekishni tashkilashtirish, sug‘orish tizimini yaratish, parvarishlash va uni saqlashga jiddiy e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.