Янгиликлар

Ochiq muloqotda tuman mudofaa ishlari bo‘limining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Qayd etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi yuqori harbiy salohiyatga ega bo‘lgan armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida umumta’lim maktablarida komandirlar yashiklari joriy etildi va ushbu to‘plamga chaqiriluvchilarni Vatanni himoya qilishda qurollardan foydalanish hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash sir-asrorlari o‘rgatib borilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish xalqimizning uzum yetishtirish borasidagi asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik tajriba, an’ana va madaniyatini yuksaltirish, hududlarda tomorqa yer egalarining bandligi va daromadlarini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan  qarorlar qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Samarqand tumanida kitoblar ko‘payadi

Navbatdagi matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.
16 ming 778 ta kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazida 5200 ta badiiy adabiyotlar, 1120 ta ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi kitoblar mavjud, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova. – Bundan tashqari tumandagi 9 ta mahallada hamda umumiy o‘rtata’lim maktablarida 53 ta kutubxona bor. Mazkur maktablarda mavjud kutubxonalarda 1-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek, rus va tojik tillarida badiiy adabiyotlar 71 ming 701 tani tashkil etadi.

“Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi”

Samarqand tumani “Rustam” mahallasida navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadiga yo‘naltirilgan “Armiya - Vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, harbiy qism xizmatchilari, tuman mudofaa bo‘limi xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikasiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

Matbuot anjumanida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtik etdi.
Ta’kidlash kerakki, Samarqand tuman hududida istiqomat qilayotgan 266 ming nafar aholidan, 234,1 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan. Shundan 113 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan, 59,1 ming nafari “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali tomonidan, 80,7 ming nafari esa mahallalar hisobidagi suv inshootlaridan va alternativ ravishda ichimlik suv bilan ta’minlangan.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM