Янгиликлар

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yiladi

Samarqand tumanida aholining kommunal sohadagi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, elektr energiyasi va tabiiy gaz tahminoti iste’molining qonuniyligini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Shu asosda tumanda 10 ta noqonuniy elektr energiyasi hamda gaz ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruxlari shakllantirildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan mahallalardagi elektr energiya ta’minotiga, tabiiy gazga noqonuniy ulanganlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Аssalomu alaykum, aziz va qadrli tumandoshlar!
Barchangizni, bugungi ulug‘ ayyom - mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘ttiz yil - tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM