Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yiladi
15.12.2022 - 21:54Samarqand tumanida aholining kommunal sohadagi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, elektr energiyasi va tabiiy gaz tahminoti iste’molining qonuniyligini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Shu asosda tumanda 10 ta noqonuniy elektr energiyasi hamda gaz ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruxlari shakllantirildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan mahallalardagi elektr energiya ta’minotiga, tabiiy gazga noqonuniy ulanganlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.