Янгиликлар

Giyohvandlikka qarshi kurash-barchamizning burchimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biridir.
Chunki asr vabosi – giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas.

Munosabat

Samarqand tumani “Rajabamin” mahallasidagi yo‘llar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Mahalladagi elektr simlarini esa besh yildan beri almashtirib berishlarini so‘rab, mas’ullarga murojaat qilishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan postda shu kabi jumlalar keltirilgan.
Tuman hokimligi tomonidan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, holat joyiga borib o‘rganildi.

Mahalla yoshlari uchun futbol maydonchasi qurilishi homiylar ko‘magi asosida amalga oshiriladi

Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida bolalar uchun futbol maydonchasi qurib berishda mas’ullardan amaliy yordam so‘ralgan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur postdan so‘ng tuman hokimligi qurilish bo‘limi, tuman kadastr bo‘limi xodimlari holatni o‘rgandi.

Yong‘in elektr tarmog‘idan chiqqan uchqun tufayli yong‘in sodir bo‘lgan

Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bular hech kim ko‘rmaydi deb tong sahar somonpoyaga olov yoqib yuboribdi” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi. Holat Toyloq tumani hududida sodir etilgani qayd qilingan.
Keyinchalik aniq bo‘lishicha holat Samarqand tumani “Konigil” MMTPga qarashli “Beklar uzumzorlari” fermer xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in Samarqand tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi

Munosabat
Viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Murojaat va ijro” ko‘rsatuvi orqali Samarqand tumanining Badal mahallasidagi muammolar ko‘tarib chiqilgan.
Murojaatda Badal mahallasida yashovchi fuqaro Zubaydulla Toshev o‘zlari yashab turgan mahalla hududidan o‘tuvchi yo‘l va ichki yo‘llar joriy yilning fevral oyida ta’mirlanganini qayd etgan. Biroq oradan bir necha oy o‘tib yo‘lning bir qismi yaroqsiz holatga kelayotgani aniqlangan.

Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda hukumat qarorlari ijrosi muhokama etildi

Navbatdagi ochiq muloqotda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Yurtimiz yoshlarini yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlarini ta’minlash, iqtidori va qobiliyatlarini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biriga aylangan.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM