Янгиликлар

Navbatdagi matbuot anjumani jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Unda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari O‘ktam Halikov bu boradagi ishlar to‘g‘hrisida ma’lumot berdi.
Samarqand tumani IIB YHXB, XPB, Probarsiya va JSTG xodimlari tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, IIB YHXB xodimlari tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida jami 907 ta xaydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Salomatlik – samarali faoliyat omili

Bugun Samarqand tumani hokimligi xodimlari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida bo‘lishdi. U yerda har bir xodim uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida xodimlar o‘zlarining sog‘ligi bo‘yicha shikoyatlarini oftalmolog, travmatolog, nevropatolog, terapevt va boshqa shifokorlarga murojaat etishib, qo‘shimcha UZI, EKG va lobaratoriya ko‘riklaridan o‘tishdi. Tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi

Iqtisodiy o‘sish samarali mehnatga bogʻliq

Tuman mahalliy byudjetining 2021 yilgi parametrlarida, qabul qilingan davlat dasturlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimizga qilgan tashriflari davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, milliy valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM