Янгиликлар

Tuman hududida yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sanjar Aliyev ishtirok etdi.
Samarkand tuman yullardan foydalanish korxonasida umumfoydalanuvdagi xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarimiz 39 km. Davlat ahamiyatdagi yo‘llarimiz 8 km va mahalliy  ahamiyatdagi yo‘llarimiz 194 km ni tashkil qiladi.

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida chiqindilar bo‘planib qolayotgani tanqid qilindi.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi. Kelgusida shu kabi holatlar yuz bermasligi uchun doimiy nazorat o‘rnatildi.

Samarqand tumani yo‘lsozlari 20 ming tup ko‘chat ekishdi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarida Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi qarashli korxonalar ishchi-xizmatchilari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda. Amalga oshirilayotgan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari bois, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hududlarida “Yashil belbog‘” barpo etilmoqda. Shu maqsadda bosh boshqarma tomonidan joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 200 mingdan ziyod mevali, manzarali va terak ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash borasida qilinayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Unda Samarqand tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanov ma’lumot berdi.
Samarqand tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq quyidagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM