Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?
01.11.2022 - 21:26Ochiq muloqotda shu haqda so‘z bordi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand tuman bo‘limi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Puri Xoliqzod Hofizi Xudoynazar ishtirok etdi.
O‘tgan yillarga nazar solib anglashimiz mumkinki, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni guvohi bo‘ldik, uni his etdik. Har sohadagi yangilanishlar, inson farovonligi va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda bo‘y ko‘rsatdi. Bugun ham yangi kreativ yondoshuvlarni ko‘rib, yuksalishlar tendensiyasining faol a’zosi sifatida quvonamiz.