Янгиликлар

Samarqand tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov matbuot anjumanida tumanda fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritd

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini  keyeng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg‘ulotlari, xususan harakatli mashqlarning o‘rni beqiyos. Tumandagi aholini  jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida eьtibor qaratilmoqda.

Tumanda aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan hamda Inson qadri uchun degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs g‘aniyev ishtirok etdi
Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. 
Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog‘liq.

Haymari bolo mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Qabulda tuman hokimining birinchi o'rinbosari F.G'aniyev aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqdi.

Xususan, Haymari bolo mahallasidagi yaroqsiz elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Qabulda bildirilgan masalalar yuzasidan tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni o‘z vaqtida yechimini topish zarurligi ta’kidlandi.

Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Аssalomu alaykum, aziz va qadrli tumandoshlar!
Barchangizni, bugungi ulug‘ ayyom - mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘ttiz bir yil - tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Arabxonada yangi tibbiy punkti ochildi

Samarqand tumanidagi Arabxona mahallasida 7 ming nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadigan tibbiy punkti foydalanishga topshirildi.

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tibbiy punktning ochilish marosimida tuman hokimi keyingi yillarda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgshanini ta’kidladi va muassasa bilan mahalla fuqarolarini tabrikladi.

Bir kunda ikkita bog‘cha ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi arafasida Samarqand tumanida ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib, foydalanishga topshirildi.

Dastlab, tuman hokimi S.Usmanov, setor rahbarlari hamda keng jamotchilik vakillari Angarolmos mahallasidagi 27-son maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM