Янгиликлар

Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev ishtirok etdi.
Hammamizga ma’lumki bugungi kunda aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor bo‘lishligi, xalqimizni arzon uy-joy bilan ta’minlash yana bir dolzarb masalalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida ma’lumot berildi

Matbuot anjumanida tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gʻoziyeva ishtirok etdi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida  5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlarda 26 ta to‘garak faoliyati yo‘lga quyilgan bo‘lib, ularda jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar, maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.

Samarqand tumanida uch avlod vakillari jam bo‘ldi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Samarqand tumanidagi 33-umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Ushbu tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi.

Tumanning investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda

Shu kunlarda tumanimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Ayniqsa, tumanning investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirishga katta e’tibor qaratilgan.

Sanoat va Savdo vazirligining loyiha guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i T.Bazarov, viloyat Milliy bank boshqarma boshlig‘i B.Mamarajabovlarning tumanimizda bo‘lib, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishishi ham ana shu maqsadlarga qaratildi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM