Янгиликлар

“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda

Xususan, Samarqand tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida bo‘lib, fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga yaratilgan qo‘shimcha qulayliklar bilan tanishdi.

Bundan tashqari terapiya majmuasining kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Bemorlar uchun yotoqxonalar harorati mo‘tadil bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Tuman hududida yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sanjar Aliyev ishtirok etdi.
Samarkand tuman yullardan foydalanish korxonasida umumfoydalanuvdagi xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarimiz 39 km. Davlat ahamiyatdagi yo‘llarimiz 8 km va mahalliy  ahamiyatdagi yo‘llarimiz 194 km ni tashkil qiladi.

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida chiqindilar bo‘planib qolayotgani tanqid qilindi.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqildi. Kelgusida shu kabi holatlar yuz bermasligi uchun doimiy nazorat o‘rnatildi.

Samarqand tumani yo‘lsozlari 20 ming tup ko‘chat ekishdi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarida Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi qarashli korxonalar ishchi-xizmatchilari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda. Amalga oshirilayotgan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari bois, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hududlarida “Yashil belbog‘” barpo etilmoqda. Shu maqsadda bosh boshqarma tomonidan joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 200 mingdan ziyod mevali, manzarali va terak ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM