Янгиликлар

Shirinobod xavfsiz mahallaga aylanadi

Tuman hokimining o‘rinbosari D.Azizova, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Tursunovlar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik tadbirda ana shu masala muhokama qilindi.

Uchrashuvda mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan har bir oila va xonadonlardagi muhitni, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tizimi ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Aholiga moddiy yordam, bolalar puli, nafaqa va pensiya ajratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Matbuot anjumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev ishtirok etdi.
Jori yilning o‘tgan davrida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limiga 1537 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqa tayinlash maqsadida ariza kelib tushgan. Shundan 1054 nafar yoshga doir, 46 nafar nogironlik, 72 nafar boquvchisini yo‘qotganlik va 365 nafar fuqarolarga ijtimoiy nafaqa qonun doirasida tayinlangan.

Samarqand tumanida aholini ish bilan ta’minlash, ularga munosib sharoit yaratib berish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirok etgan ochiq muloqotda shular xususida so‘z bordi.
Bugungi kunda ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini o‘rganishda har bir mahallada hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyat olib bormoqda. Tumanda aholi bandligini ta’minlash borasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev ishtirok etdi.
Hammamizga ma’lumki bugungi kunda aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustuvor bo‘lishligi, xalqimizni arzon uy-joy bilan ta’minlash yana bir dolzarb masalalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM