Bolalar dunyoning quvonchi
01.06.2022 - 16:37Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joylarda tashkil etilayotgan bayram tadbirlari fikrimizning isbotidir.