Tuman hokimligining 18 nafar xodimi malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘ldi
01.03.2022 - 16:34Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 10-moddasi talablari asosida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan tumandagi 12 ta davlat tashkilotlarida, 15 ta umumta’lim maktablarida o‘rganish o‘tkazildi.