Futbol festivali bahonasida OAV xodimlari Samarqand tumanidagi yangilik va o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi
29.05.2022 - 20:56Kecha, 28 may kuni Samarqand tumanida tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari, axborot xizmati xodimlari hamda blogerlar ishtirokidagi futbol festivali press-tur bilan boshlandi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, tumanning ayrim korxona va tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.
Birinchi guruhning ilk manzili Gulobod mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan "KAMELOT" maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.