Янгиликлар

Tumanda 1915 gektar ekin maydonlarga 3304 tonna sabzavot, 18870 tonna kartoshka, 5742 tonna dukkakli, 4950 tonna ozuqa mahsulotlari ekildi

Qishloq xo‘jaligida unumdorligi past bo‘lgan yerlardan samarali foydalanish borasida ko‘rilayotgan chora-tabirlar to‘g‘risidaga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, tumanda 2023 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari 1885 gektar maydoni, shundan takroriy ekin ekiladigan 1915 gektar maydon, jumladan sabzavod 118 gektar, kartoshka 1110 gektar, dukkakli don 522 gektar va ozuqa ekinlar 165 gektar ekin turlari bo‘yicha ekish rejalashtirilgan.

Mahalla profilaktika inspektorlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularga qulay sharoit yaratish borasida nima ishlar olib borilmoqda?

Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xasanov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shular to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Samarqand tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tumandagi 74 ta mahalla profilaktika inspektorlarining moddiy texnika ta’minoti bazasini yaxshilash va ushbu yo‘nalishda mahallalarda olib borilayotgan  ishlar tahlil qilib borilmoqda.

“Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi shiori osti”da amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-192-son qaroriga asosan Samarqand tumanida joriy yilda soliq ma’murchiligiga joriy etiladigan o‘zgarishlar keng aholi qatlamiga targ‘ib etilmoqda.

Navbatdagi matbuot anjumanida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda tuman hokimining o'rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.

- Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan mustahkam insoniylik pozisiyasi bilan yondashishni talab etadi, - dedi D.Azizova. - Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har birimizning burchimizdir.

Qishloqlarda yoshlar madaniyat markazlariga yo‘naltirilganmi?

Ushbu savolga tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gaziyeva matbuot anjumanida javob qaytardi.
Tumanda 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Madaniyat markazlarida faoliyat yuritib kelayotgan 26 ta to‘garaklarga jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar hamda maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.  

Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etildiki, Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayorlash fani bo‘yicha jami 53 nafar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM