Tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida ma’lumot berildi
23.07.2023 - 23:48Matbuot anjumanida tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gʻoziyeva ishtirok etdi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlarda 26 ta to‘garak faoliyati yo‘lga quyilgan bo‘lib, ularda jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar, maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.