Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishdagi bugungi kun holati, mavjud muammolarini o‘rganish, bartaraf etish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida 2023-yilga belgilangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda Samarqand tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha bosh mutaxxasisi Shoxrux Eshmurodov ishtirok etdi.
Qayd qilinganidek, Samarqand tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Samarqand tumanida “Zarafshon” va “Do‘stlik” elektr tarmoqlari korxonasi faoliyat yuritib kelmoqda. Samarqand tumanida elektr energiya iste’molchilar soni 57496 ta, shundan 54151 ta aholi iste’molchilari bo‘lib, 3345 ta yuridik istemolchilarni tashkil etadi.
Tumanda jami 19 dona nimstansiya mavjud. Shundan 13 donasi tuman elektr tarmoqlari korxonasi balansida bo‘lib, 6 donasi yuridik istemolchilar balansida. Joriy yilning boshidan barcha dasturlar hamda mahalliy hokimlik va homiylik yo‘li orqali 42 dona yangi TP, 287 km elektr uzatish liniyalari hamda 4220 dona beton ustunlar o‘rnatilib, simyogolar yangisiga almashtirildi.
Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida nimstansiya Marokand 2,5 ming kVali transformatorga, nimstansiya Teplichniyga 2,5 ming kVali transformator o‘rnatilib, PTFdagi 10 ming kVali transformatorni 16 ming kVaga hamda Nayzateppa nimstansiyasiga 6,3 ming kVali transformatorni 10 ming kVaga, Shreder nimstansiyasiga qo‘shimcha 6,3 ming kVaga, Satteppo nimstansiyasiga qo‘shimcha 10 ming kValitransformatorlar o‘rnatildi va elektr energiya quvvati oshirildi.
Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari jami 211,2 km. (100%) ga, transformator punktlarini mukammal ta’mirlash jami 102 dona (100%) ga bajarildi.
Joriy ta’mirlash bo‘yicha 396,7 km. elektr uzatish tarmoqlari hamda 177 ta transformatorlarni ta’mirlash belgilangan bo‘lib, bugungi kunda elektr uzatish tarmoqlari hamda transformatorlarni joriy ta’mirlash ishlari 100 % ga bajarildi. 
Ushbu qilingan ishlar natijasida tumanda barcha turdagi istemolchilarga elektr energiya yetkazib berish natijadorligi oshirilib, tarmoqdagi tabiiy va texnologik yuqotishlar hamda uzilishlar o‘tgan yilga nisbattan70-75 %ga yaxshilandi.
Bugungi kunda jami debitor qarzdorlik 77 mlrd.so‘m, shundan aholi 60 mlrd.so‘m, ulgurji 17 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni tashkil etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi 
PQ-57-son qarori asosida) 2023 yilda quvvati 5 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatishni belgilangan.Bugungi kungacha jami1,9 MVt quyosh panellari o‘rnatildi. 
Jumladan:   
-37 ta ijtimoiy soha va davlat idoralariga 280 kVt/soat;
-314 ta aholi xonadonlariga 450 kVt/soat;
-78 ta mahalliy tadbirkorlik sub’yektlariga 1114kVt/soat quyosh panellari o‘rnatildi.
Bugungi kunda tumandaelektr tarmoqlari korxonasida jami
3 ta TP,8.5 km havotarmog‘i, 30 ta izolyator,7 ta  traversi, 7 ta tayanch ustuni, 92 ta PK,30 ta avtomoat (0,4kVa), 3 ta avtomoat (10 kVa), 3 ta raznitel,20 ta  mufta, 12 ta rubilnik hamda elektr anjomlari zaxirasi mavjud.
Shu bilan birga, tumanda qish mavsumida 5 ta avtomashina va 6 ta brigadadan tashkil etilgan 32 nafar texnik xodimlari shay holatga keltirilgan.
Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha
Tumanda jami 54561 ta xonadonlar gazlashgan bo‘lib, shundan,23016 ta xonadon 32 ta MFY Samarqand-1, Samarqand-2, Samarqand-6, Toyloq-1, Parranda hamda Severnaya  GRSlaridan tabiiy gaz bilan ta’minlanadi, 31545 ta xonodon 42 ta MFY Yangiriq mahallasi hududidagi “EKSPRESS” mchj avtomobillarga gaz quyish shaxobchasi orqali suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.
 Tumanda jami 354 dona GRP mavjud bo‘lib, bugungi kunda, tumanning aholi va ulgurji iste’molchilariga sutkasiga 300 ming m3 tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Gaz ta’minoti ob’yektlari va qurilmalarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha:
Gaz taqsimlash punktlarini kapital ta’mirlash 4 dona, Gaz taqsimlash punktlarini taftish qilish 374 dona, Gaz quvurlarini bosim ostida

zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash 65km, Yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish 37 km hamda 12 km gaz quvurlarini bo‘yash ishlari 100 % bajarilgan.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha:
Samarqand tumanda aholi xonadonlariga kuz-qish mavsumiga 2950,0 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti ajratilgan, shundan dekabr oyiga 454 tonna ajratilgan bo‘lib, amalda 160 tonna (35%) yetkazib berilgan. 
“Samarqand suv ta’minot” MCHJ:
Ichimlik suv ta’minoti: Samarqand tuman hududida istiqomat qilayotgan 270 ming nafar aholidan, 234 ming nafari markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan bo‘lib, ta’minlanish darajasi 93% ni tashkil etadi. Shundan 113,0ming nafari ya’ni tuman aholisining 42,0 %  “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand tuman filiali tomonidan, 59 ming nafari ya’ni tuman aholisining22,0 % “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Samarqand shahar filiali tomonidan,83 ming nafari ya’ni tuman aholisining qolgan 31 % mahallalar hisobidagi suv inshootlaridan va alternativ ravishda ichimlik suv bilan ta’minlangan.
Hozirgi vaqtda tumani hududida jami 210 ta suv inshooti mavjud bo‘lib, shundan 94 tasi (45%) tuman suv ta’minoti balansida, tumanda jami 715 km ichimlik suv tarmog‘i mavjud bo‘lib, shundan 360 km (50%) tuman suv ta’minoti balansida, qolgan ichimlik suv inshooti va tarmoqlari mahalla faollari tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib MFY hisobida. 
Kuz-qish mavsumida tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumanda jami 1,6 km ichimlik suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlandi, shundan 0,74 km mukammal va 0,86 km joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga joriy va mukammal ta’mirlash ishlari 100 % ga bajarildi. 
Mavsumda 9 dona yangi suv ko‘tarish nasosi o‘rnatilib 42 dona suv ko‘tarish nasoslari qayta ta’mirlandi. Shu bilan birga, 600 metr oqova suv tarmoqlari joriy ta’mirlanib kuz-qish mavsumiga tayyorlandi.
Ko‘p qavatli uy-joylar:
Samarqand tumanida  jami 78 ta ko‘p qavatli turar joy binolari mavjud. Mazkur ko‘p qavatli uy-joylardan 53 tasi 
2 qavatli, 5 tasi 3 qavatli, 9 ta 5 qavatli, 11tasi 4 qavatli uylardan iborat. Barcha xonadonlar elektr energiyasi,  tabiiy gaz va toza ichimlik suv tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lib bugungi kunda kuz-qish mavsumiga tayyor.
Ko‘p qavatli turar joy binolariga “Abduraxmon Qilich”MCHJkompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.Har bir ko‘p qavatli uy-joylarga tumandagi idora va tashkilot rahbarlari mas’ul sifatida biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan mazkur uy-joylarni kuz-qish mavsumiga munosib tayyorlash, sanitariya-gigiyena holatlarni yaxshilash, obodonlashtirish kabi masalalarni hal etish vazifalari belgilab berilgan.
Joriy yilda “Yangijoy” mahallasida joylashgan 2 ta ikki qavatli va Parrandachilik hamda Mexrobod mahallalaridagiuy-joylar atrofi obodonlashtirilib, binoning tashqi fasadlari va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari ta’mirlandi. Shuningdek ushbu mahalladagi 2 qavatli uylar oldiga 13 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib bollar maydonchalariqayta ta’mirlandi.
Bundan tashqari tumandagi 4 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qayta rekonstruksiya qilish va atrofini obodonlashtirish yuzasidan takliflar berilgan bo‘lib, bugungi kunda  2 ta kodli temir eshiklar hamda elektr shitlari qayta ta’mirlandi.
Shuningdek, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarining atroflari obodonlashtirilib bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM