Akbar Mahmudov, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari: Samarqand tumanida 2079 nafar yoshlar migratsiyada bo‘lib, 1897 nafari ishlash, 182 nafari o‘qish maqsadida xorijiy mamlakatlarda yashamoqda

Tumandagi dunyoning turli nuqtalarida bilim olib hamda mehnat qilib daromad topayotgan fuqarolarni va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.
-  Samarqand tumanida Yoshlarga oid davlat siyosati eng ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olingan bo‘lib, ushbu yo‘nalishidagi tadbirlarni tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib bormoqdamiz, - deydi A.Mahmudov. - Hususan, bugungi kunda tuman aholisining qariyb 56,4 foizini yoshlar tashkil qiladi. Tumanda 141 696 ming nafar 0-30 yoshdagi yoshlar istiqomat qilib, ularning 65894 nafari 14-30 yoshdagilar hisoblanadi.
Bugungi kunda jami 2079 nafar yoshlar migratsiyada bo‘lib, shundan 
1897 nafari ishlash, 182 nafari o‘qish maqsadida xorijiy mamlakatlarda yashamoqda.
Xorijga chiqib ketganlik muddati bo‘yicha 310 yoshlar 5 yildan ortiq vakt davomida xorijiy mamlakatlarda yashamoqda, eng ko‘p yoshlarimiz Rossiya va AKSH davlatlarida bo‘lib turibdi.
Yoshlarni vatanga kaytarish va ularga kulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yoshlar yetakchilari tomonidan har bir mahallada alohida migratsiya ketgan yoshlar hisobi yuritilib, “telegramm” ijtimoiy tarmoqi orqali guruh tashkil etilgan bo‘lib, ular bilan doimiy muloqot o‘rnatilgan, aniqlangan muammolari bo‘yicha ijobiy hal bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM