Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

Unda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
Qayd qilindiki, joriy yilda 41 ta mahalla bo‘yicha 41 ta loyiha (ob’yekt)da qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. Shundan, joriy yil 3 fevral holatiga 41 ta loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. 41 ta loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilgan. 
Shuningdek, jami 42 ta loyihalardan 1 ta holatda, Samarqand tumani “Qoziariq” mahallasida boshqa manbalar hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur 1 ta loyihani manzilli dasturdan chiqarib, ular uchun ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘larni ichimlik va oqova suv ob’yektlariga yo‘naltirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilindi.
 41 ta loyiha bo‘yicha pudrat tashkilotlari aniqlanib, shartnomalar imzolangan. Jumladan, ichki yo‘llar – 11 ta, ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti ob’yektlari – 20 ta, elektr-energiyasi ta’minoti ob’yektlari – 4 ta, sport ob’yektlari - 3 ta va 3 ta boshqalar. 
Ichki yo‘llarning 28.6 km qismi ta’mirlandi. Jumladan, Sho‘rboicha, Sho‘rboi, Qavchinoni bolo, Badal, Shirinobod, Ko‘saxo, Buxoriy, Shalg‘amon, Mirzo Ulug‘bek, Yangiravot, Arabxona mahallalari ichki yo‘llari ta’mirlandi.
Xaymari bolo MFYda suv inshooti o‘rnatilgan bo‘lib, 85% tarmoq tortish ishlari bajarilgan xamda suv inshooti uchun transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. Xaymari poyon MFYda tarmoq tortish ishlari 100 % ga bajarilgan. Chorshanbe MFYda mavjud suv inshootini ta’mirlash (rekonstruksiya) qilish ishlari yakunlangan. Shuningdek, Parrandachilik, Yangiariq, Pulimug‘ob, Navobod, Juyi Abbos, Diyor, Rajabamin, Nayzateppa, Talibarzui poyon, Juyisoy, Ipakchi, Jarqishloq, Urganji, Xishrav, Qaynama, Yuqori Chordara, Gulobod mahallalarida tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, 100 % ish bajarilgan. Shu bilan birga 1500 metrga latok o‘rnatilib kurilish ta’mirlash ishlari yakunlangan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM