Manzura Asrorqulova yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi

Samarqandda “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar, tumanlarda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tanlovda bir guruh faol, jamiyatda munosib o‘ringa ega ayollar, innovasion g‘oyalarni targ‘ib qilgan eng faol olimalar, yilning eng yaxshi ijodkori, eng ilg‘or tadbirkor, kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchi, yilning eng yaxshi huquq tartibot xodimalari bir qator nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Samarqand tumanida yashovchi Manzura Asrorkulova mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi, jamiyat hayotidagi fa’ol ishtiroki, farzand tarbiyasida ibrati uchun o‘tkazilgan Respublika “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” naminasiyasi  g‘olibi bo‘ldi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM