Atmosfera havosini yaxshilash maqsadida targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan

Samarkand tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning yanvar oyidan bugungi kunga qadar Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tumanda doimiy kuzatuv reydlar olib borilmokda, - deydi navbatdagi matbuot anjumanida tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Jahongir Bobonazarov. - Reydlar davomida fukarolar tomonidan belgilanmagan yerlarga chiqindi tashlash, daraxtlarni noqonuniy kesish hamda har xil chikindi va barg xazonlarni alanga oldirib yoqish holatlari aniqlanib, fukarolarga nisbatan mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shu bilan bir qatorda mahallalarda fukarolarga, mahalla raislariga daraxtlarni noqonuniy ravishda kesmaslik, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik va chiqindilarni alanga oldirib, yoqmaslik hakida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tumanimiz hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida har xil turdagi mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, mart oyidan hududlarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishga kirishilgan.

Anjumanda shuningdek, atmosfera havosini yaxshilash maqsadida mahallalar, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida so‘z bordi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM