“Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o‘rinbosari diplom olib berishni va’da qilib fuqarodan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o‘rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o‘qishga kiritib, 2021-2022 o‘quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va’da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM