Samarqand tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov matbuot anjumanida tumanda fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritd

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini  keyeng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va salomatligini mustahkamlashda sport mashg‘ulotlari, xususan harakatli mashqlarning o‘rni beqiyos. Tumandagi aholini  jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarga alohida eьtibor qaratilmoqda.
Tumandagi keksa yoshdagi kishilar piyoda yurishi, bu esa salomatlikka katta foydasi borligini alohida ta’kidlagan edik. Shu asosda tumanda«5 ming qadam piyoda yurish» aksiyasi tashkil etilgan va ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgani uchun ham mahallalarda piyoda yurish tadbiri  muntazam o‘tkazib borish tavsiya etildi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha mahalladagi Kengash yig‘ilishlarida 220 ta davra suxbatlar olib borildi. 
Bundan tashqari tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida shaxmat-shashka, stol tennisi,  yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda  voyaga yetmaganlar o‘rtasida 140 ta davra suxbatlar olib borildi. 
  Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha Chorshanba, Talibarzui poyon, Rajabamin,Quyi Turkmanhamda Rustam mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5000 qadam tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM