Tumanda ekologiya va atrof muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtirok etdi
-  Samarqand tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar, buta va gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan, - deydi O.Abdullayev. - “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil kuz mavsumida “Dolzarb 40 kunlik” kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 410 ming dona manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Shuningdek 2023 yil kuz mavsumida "hokimlik bog‘lari"ni tashkil etish uchun  tumanning Qo‘shtamg‘ali mahallasidan 0,5 ga yer maydoni ajratigan bo‘lib, ushbu yer maydonida 300 ga yaqin daraxt ko‘chatlarini ekish uchun 30,0 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Tumandagi 74 ta mahallalardagi aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli binolar va uy-joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari atrofi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlarida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi va bugungi kunda ham bu tadbirlar davom ettirilmoqda. Shu bilan birgalikda 2023 yil kuz mavsumida daraxtlar ekish uchun 5 dan ziyod ko‘chatxonalar tashkil etilib, qo‘shimcha 500 ming dona ko‘chatlar zaxirasi yaratildi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan “Ekologik patrul” ishlash tizimi faoliyati kuchaytirish ishlari olib borildi. “Yashil makon” dasturining har bir bandi bo‘yicha ma’lumotlar “Yashil makon” elektron platformasiga kiritib borish yo‘lga qo‘yildi. Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi mahallalar kesimida ta’minlanib, dastur ijrosi bo‘yicha har oyda xalq deputatlari tuman Kengashlari yig‘ilishlarida deputatlarga, mahallalarda aholiga hisobot berish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM